To'yxonadagi janjal
2018 yil 11 sentyabr kuni soat taxminan 14:00da, fuqaro T.A. spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda, Namangan shahrida joylashgan “Azia Boing” to'yxonasi oldida tanishi T.I. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada T.I. kasalxonaga yotqizilgan. T.A. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti