O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Janjal odamni o‘limiga sabab bo‘ldi

2018 yil 30 avgust kuni fuqaro B.R. mast holatda Toshkent viloyat CHirchiq shahrida fuqaro S.K. bilan o‘zaro janjal oqibatida uni bosh va badanining turli sohalariga qo‘llari bilan urib og‘ir tan jarohati etkazgan. S.K. olgan tan jarohatlari natijasida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech