Qaxvaxona oldidagi janjal
2018 yil 1 oktyabr kuni soat 01:00da, R.B. Toshkent viloyat Chirchiq shahrida joylashgan “Shisha Bar” qaxvaxonasi oldida tanishi S.I. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati etkazib, hodisa sodir bo'lgan joydan yashiringan. Natijada S.I. olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. R.B. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og'ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti