O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoramol egasiga qaytarildi

2019 yil 9 yanvar kuni soat taxminan 05:00 da, noma’lum shaxs Xorazm viloyat Bog’ot tumanida yashovchi fuqaro R.U.ning uyi orqa tomonida joylashgan molxonasidan bir bosh qoramolini o’g’irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan M.A. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech