O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buzilgan o'lchash asbobi, og'ir tan jarohatlar etkazilishga sabab bo'ldi

Surxondaryo. 2020 yilning 24 aprel kuni soat 23:30 da 29 yoshli S.O., tanishi 29 yoshli O.D. dan olgan oʼlchov asbobi (metr) ni buzilgan holda qaytarib bergani sababli, Bandixon tumani “Gulbogʼ” mahallasi hududida oʼzaro janjallashib qolib, S.O yerdagi tosh bilan O.D., ni boshining chap tomon chakka sohasiga bir necha marotaba urib, unga tan jarohatlari yetkazgan.

Natijada O.D. tan jarohatlari bilan tuman kasalxonasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Bandixon tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech