IIB xodimining fidokorligi sabab bir jinoyat oldi olindi
Аndijon. 2020 yilning 25 avgust kuni soat 13:00 da 38 yoshli Sh.А., Аndijon shahar Tinchlik koʼchasida qarovsiz qoldirilgan fuqaro 34 yoshli Q.R., ga tegishli “Lacetti” rusumli avtomashinani “MAGIСAR” pult yordamida ochib, oʼgʼirlik qilmoqchi boʼlgan vaqtida, shu hududda xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Аndijon shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda hamda 1 dona avtomashina maxsus pulti ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.
Muallif: Andijon shahar
IIO FMB xuzuridagi TB
tergovchisi M. Umaraliyev