Avtomashinadan o’g’rilik sodir etildi
2018 yil 8 oktyabr kuni soat taxminan 18:20da, noma'lum shaxs Toshkent shahar Bektemir tumani TXAY ko'chasida fuqaro Q.Sh. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Neksiya” rusumli avtomashinaning old o'ng tomon eshigini qaychi bilan buzib ochib, avtomashinadan 5.100.000 so'm miqdoridagi pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
8 oktyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni S.N. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
169-moddasi 3-qismi «а» bandi bilan (o’g’rilik, ya’ni xavfli retsidivist tomonidan o’zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti