O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Avtomashinadan o’g’rilik sodir etildi

2019 yil 19 iyul kuni soat taxminan 15:00 da, noma’lum shaxslar Navoiy viloyat Navoiy shahar hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro E.Sh.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashina yukxonasidan 16.500.000 so'm miqdoridagi pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro B.E. va K.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech