Avtomashinadan o’g’rilik sodir etildi
2019 yil 1 fevral kuni soat taxminan 20:00da, fuqaro X.Z. Xorazm viloyat Urganch tuman hududida fuqaro Z.X.tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinaning eshigi ochiq qoldirilganligidan foydalanib, avtomashinadan 1.880.000 so'm miqdoridagi pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan X.Z. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti