O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Click” tizimi orqali o’g’rilik sodir etildi

2018 yil 21 oktyabr kuni, noma’lum shaxs “Click” tarmog’i orqali kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib, Jizzax viloyati Arnasoy tumanida yashovchi fuqaro M.A.ning bank plastik kartasi hisobidagi jami 14.000.000 so’m miqdoridagi pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyat fuqaro P.Sh. tomonidan sodir etilib, egallangan pul mablag’lari uning hamda tanishi A.M.ning bank plastik kartasi hisobiga o’tkazib yuborilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech