Qo’qon shahrida jinoyat sodir etildi
2018 yil 12 noyabr kuni soat taxminan 00:50da, fuqaro S.S. Farg’ona viloyat Qo’qon shahar hududida fuqaro K.A. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning ko’krak qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada K.A. kasalxonaga yotqizilgan. S.S. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti