Yangi yil kuni jinoyat sodir etdi
2018 yil 31 dekabr kuni soat taxminan 19:00da, noma’lum shaxs Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahri hududida fuqaro S.Z.ni kuch ishlatish bilan qo’rqitib, uning qo’lidan ichida 500 AQSh dollari, fuqarolik pasporti va bir juft ziragi bo’lgan sumkasini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaro S.A. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «а» bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini hayot va sog'liq uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti