O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Spark”dagi sayr 10 yildan 15 yilgacha tushishi mumkin

Buxoro viloyati. Joriy yiling 4 aprel kuni soat 00:10larda Buxoro shahrida yashovchi 20 yoshli G.T. o‘zining jinoiy sheriklari ikki nafar voyaga yetmagan shaxslar bilan, o‘zganing transport vositasini olib qochish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, Buxoro shahar I.Mo‘minov ko‘chasida joylashgan 44 yoshli X.A.ga tegishli bo‘lgan savdo do‘koni ichidan “Spark” rusumli avtomashinani boshqaruv kalitini yashirin ravishda olib chiqib, so‘ngra mazkur savdo do‘koni tashqarisida turgan “Spark” rusumli avtomashinani o‘zlari bilan olib chiqqan kalit yordamida ochib, avtomashinani nomaʼlum tomonga boshqarib olib qochib ketganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida yuqoridagi shaxslar avtomashinani Buxoro shahar Soliq inspeksiyasi chorrahasi hududida boshqarib ketayotgan vaqtida tuman IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilib, “Spark” rusumli avtomashina ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan transport vositasini olib qochgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda yuqoridagi shaxslar nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganliklari aniqlanmoqda.

Tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech