“Spark”ni olib qochgan “shovvoz” ikkita avtomashinaga borib to‘qnashdi
Andijon viloyati. 2021 yilning 05 may kuni soat 18:30 larda muqaddam sudlangan 32 yoshli J.Farrux Izboskan tumani Poytug‘ shahri Ittifoq mahallasida joylashgan avtomashinalar turargohida qarovsiz, ochiq holatda qoldirilgan 25 yoshli R.Hayotbekka tegishli “Spark” rusumli avtomashinaning kaliti o‘t oldirish joyida ekanligidan foydalanib, uni olib qochib hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtida fuqaro A.Xushnudbekka tegishli “Matiz” va X.Boybekka tegishli “Nexia Dons” rusumli avtomashinalar bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan.
Mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan J.Farruxga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi doirasida barcha holatlarga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.
Hozirda tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti