O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Aka-uka o'rtasida janjal

2018 yil 18 sentyabr kuni soat taxminan 14:00da, fuqaro A.X. Qashqadaryo viloyat Chiroqchi tumanida joylashgan uyida ukasi A.I. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning bosh va tanasining turli qismlariga obdasta bilan urib, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada A.I. kasalxonaga yotkizilgan. A.X. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og'ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech