O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Aka-uka o’rtasidagi janjal

2018 yil 29 oktyabr kuni soat taxminan 14:00da, Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi fuqaro O’.I. o’z uyida ukasi I.O’. bilan o'rtalarida  kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning badanini turli joylariga urib-tepib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada I.O’. kasalxonaga yotqizilgan. O’.I. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech