Qarzini talashishning oxiri o‘limiga sabab bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati. 39 yoshli Abdusaid P., va Tohir N.,lar Qarshi tuman “Cho‘li ota” massividagi fermer xo‘jaligiga tegishli 4 gektar yer maydonini ijaraga olib, tarvuz poliz ekinini yetishtirish maqsadida issiqxona tashkil qilib, Toshkent shahridan kelib, ushbu issiqxona shiyponida yashab hamda ishlab kelib 2021 yilning 23 fevral kuni soat 21:00 larda 39 yoshli Abdusaid P., va Tohir N.,lar qarz oldi-berdi munosabatlari yuzasidan bir-birini haqorat qilib janjallashib qolishlari natijasida, Tohir N., Abdusaid P.,ning ustiga chiqib uni urayotgan vaqtida, Abdusaid P., uning chap dumba sohasiga oshxona pichog‘i bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada Tohir N., shifoxonaga yetib kelguniga qadar vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Abdusaid P.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti