Janjal jinoyatga sabab bo’ldi
2018 yil 6 oktyabr kuni soat taxminan 16:00da, fuqaro A.J. Qashqadaryo viloyat Qarshi shahrida joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo viloyat filiali binosi oldida fuqaro N.U. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning yuz qismiga qo’li bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada N.U. kasalxonaga yotqizilgan. A.J. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi
1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti