
Janjal jinoyatga sabab bo’ldi
2018 yil 15 noyabr kuni soat taxminan 18:00da, fuqaro B.A. Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani hududida tanishi K.Z. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning biqin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada K.Z. kasalxonaga yotqizilgan. B.A. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti