Janjal o’limga sabab bo’ldi
2018 yil 9 oktyabr kuni soat taxminan 18:00da, fuqaro A.K Buxoro viloyat Kogon shahrida yashovchi tanishi R.D.ning uyida spirtli ichimlik iste'mol qilib, mazkur uyda yollanib ishlovchi fuqaro V.N. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning tanasini turli joylariga urib-tepib, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada V.N. kasalxonaga yotqizilib, ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. A.K. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti