Janjal o’limga sabab bo’ldi
2018 yil 29 noyabr kuni soat taxminan 11:00da, fuqaro Y.A. Surxondaryo viloyat Denov tumanida yashovchi fuqaro E.Sh. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning yuz va bosh qismiga qo’li bilan urgan vaqtida, u boshi bilan yerga yiqilib, og'ir tan jarohati olgan. Natijada E.Sh. kasalxonaga yotqizilib, ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Y.A. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti