Kelishmovchilik qotilikka sabab bo'ldi
2018 yil 6 sentyabr kuni soat taxminan 15:00da Farg'ona viloyat Marg'ilon shahrida joylashgan “Nozi poyafzal” xususiy korxonasida X.T. o'zaro janjal oqibatida O.K.ni ko'krak qafasi sohasiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada O.K. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. X.T. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o'ldirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, prokuratura organi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti