O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O'lim bilan bog'liq yo'l transport hodisasi sodir etildi

2018 yil 9 sentyabr kuni soat taxminan 15:30da, M.G. boshqaruvidagi “Kaptiva” rusumli avtomashinasini Jizzax viloyat Forish tumanidagi “Jizzax-Qizilcha” 4R-36 yo'lining 42 kilometrida harakatlanib, qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan Z.E. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to'qnashuv sodir etgan va yo'l-transport xodisasi natijasida “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisi va uning yo'lovchisi I.S. hodisa joyida vafot etganlar.

Shuningdek, shu kuni soat taxminan 17:00da, K.Sh. boshqaruvidagi “Kaptiva” rusumli avtomashinasini Qashqadaryo viloyat Kitob tumanidagi “Toshkent-Termiz” M-39 yo'lining 1147 kilometrida yuqori tezlikda harakatlanib, piyodalar voyaga etmagan K.S. va K.M.larni urib yuborib, yo'l-transport xodisasini sodir etgan, natijada voyaga etmagan K.S. va K.M.lar hodisa joyida vafot etganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “а” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech