Surxondaryoda mast holdagi fuqaro o‘z o‘yida ulfatini pichoqladi
Surxondaryo viloyati. 2021 yil 09 mart kunidan 10 mart kuniga o‘tar kechasi soat 00:30 larda “Mustaqillik” mahallasida yashovchi 21 yoshli Q.A. o‘zining yashash uyida, mahalladoshi 26 yoshli Q.M. bilan birgalikda spirtli ichimlik isteʼmol qilishib, mast holatda o‘zaro tortishib, janjallashib qolishi oqibatida, Q.A. oshxona pichog‘i bilan Q.M.,ning qorin qismiga bir marotaba sanchib, tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.
Boysun tumani sud tibbiy ekspertiza bo‘limining dastlabki maʼlumotnomasiga ko‘ra, Q.M.,ga “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” turdagi tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Boysun tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Q.A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Tergov harakatlari davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganilib, huquqiy baho beriladi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti