O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Taksistga bosqinchilik sodir qilindi

Toshkent viloyati. 2021 yilning 28 aprel kuni soat 02:30 larda nomaʼlum shaxslar Toshkent shahri Mirobod tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan 21 yoshli A.Doniyorning boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Qibray tumani Salar shaharchasi hududiga yetib kelganlarida haydovchidan avtomashinani to‘xtatishini so‘rab, unga pichoq tiqib o‘ldirish bilan qo‘rqitib, yonidagi 3 000 000 so‘m pullarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib hodisa joyidan yashiringanlar.

Tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 20 yoshli N.Tohir va 18 yoshli K.Diyorlar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan jami 1 400 000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan N.Tohir va K.Diyorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech