Talonchi do‘stlar
Toshkent shahar. 2021-yilning 18-noyabr kuni soat 21:00 larda nomaʼlum shaxslar, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumani 3-mavze 9-uy yonida 22 yoshli S.K., ning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, qiymati 300 AQSH dollar bo‘lgan “Iphone 8 plus ” rusumli telefon apparatini tortib olishib, hodisa joyidan yashirinishgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni 27 yoshli U.A. o‘zining 21 yoshli tanishi K.A. bilan birgalikda sodir etganliklari hududdagi videokameralar yordamida aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.A. va K.A., larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-modda 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov jarayonida, qonunbuzarlardan jabrlanuvchi S.K. ga tegishli “Iphone 8 plus ” rusumli telefon apparati tegishli tartibda rasmiylashtirib olinib, ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan.
Hozirda dastlabki tergov davom etmoqda.
Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi
podpolkovnik Sh.I.Xasanov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti