O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tanishini qaychi bilan jarohatladi

2018 yil 9 dekabr kuni soat taxminan 12:30da, fuqaro E.I. Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan “Nazira” go’zallik salonida tanishi Y.Z. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning qorin qismiga qaychi bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada Y.Z. kasalxonaga yotqizilgan. E.I. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech