O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov-tezkor tadbirlari natijasida olib qochilgan avtoulov o‘z vaqtida topildi

Toshkent shahar. 2022 yil 15 sentyabr kuni soat 05:00 larda, nomaʼlum shaxs transport vositasini olib qochish maqsadida, Shayxontohur tumani “Gulobod” mahallasida joylashgan 41-sonli maktab binosi oldida bo‘la turib, shu yerda qarovsiz holda qoldirilgan, 37 yoshli U.Ch.ga tegishli “NEXIA 2” rusumli avtomashina eshigini o‘z yonida bo‘lgan six yordamida ochib, avtomashinaning o‘t oldirish moslamasida qoldirilgan kaliti yordamida o‘t oldirib, olib qochganligi aniqlangan.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari davomida, shu kunning o‘zida soat 11.30larda mazkur avtomashina Olmazor tumani Farobiy ko‘chasida joylashgan “Korzinka.uz” savdo markazi oldida harakatlanib ketayotgan vaqtida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilib, xaydovchining shaxsi tekshirilganda, u Toshkent viloyatida yashovchi muqaddam sudlangan 20 yoshli A.S. ekanligi aniqlangan va qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibida ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech