O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yetkazilgan og’ir tan jarohati o’limga sabab bo’ldi

2018 yil 6 noyabr kuni soat taxminan 05:30da, fuqaro A.X. Namangan viloyati Namangan shahrida joylashgan savdo do’koni oldida fuqaro A.U. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning o’ng oyoq son qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada A.U. kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. A.X. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og'ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining o'lishiga sabab bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech