Sirdaryoda og‘ir tan jarohat yetkazish – jinoyat quroli temir qaychi.
Sirdaryo. 2020 yilning 22 fevral' kuni taxminan soat 21:00 larda 30 yoshli B.K., Yangier shahri Alisher Navoiy ko‘chasida o‘zaro janjal oqibatida 42 yoshli A.T., ni qorin qismiga temir qaychi bilan urib tan jarohati yetkazgan.
Natijada A.T., shifoxonaga yotqizilgan. Sudga oid ekspertizaning 28.02.2020 yilgi xulosasiga ko‘ra, A.T. “og‘ir” tan jarohatlari olgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangier shahri IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 2-qismi «e» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va B.K. prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.