O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Odam savdosi

2019 yil 22 aprel kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro U.X. Qashqadaryo viloyat G’uzor tuman hududida o’zining 17.03.2019 yilda tug'ilgan o’g’il farzandini 4 million so’m evaziga “B” ismli shaxsga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish o'n sakkiz yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech