Mast holdagi 3 nafar voyaga yetmaganlar jabrlanuvchiga pichoq bilan jarohat yetkazdi!
Yarim tunda mast holatda boʼlgan ikki nafar shaxs sanchilib kesilgan tan jarohatlari bilan tez yordam boʼlimiga keltirilgan.
Аniqlanishicha, 2019 yilning 05 noyabr kuni soat 00:30 da voyaga yetmagan 17 yoshli Ya.T. oʼzining tengdoshlari D.R., D.P.lar bilan birgalikda Toshkent viloyati Bekobod shahar 13-dahada joylashgan “Mohinur” kafesida boʼla turib, shu yerda ovqatlanib oʼtirgan
S.X. va Yo.S.lar bilan oʼzaro janjallashib, ularga qoʼl va oyoqlari hamda pichoq yordamida tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Tergov tezkor guruhi tomonidan hodisa joyidan ish uchun ahamiyatli ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yilning 5 noyabr kuni Bekobod shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi
2-qismi “e” bandi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish, bezorilik oqibatida) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Jinoyat ishi boʼyicha gumon qilinuvchilar ushlanib, voyaga yetmagan Ya.T. Oʼzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) va D.R., hamda D.P. lar esa JKning 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, holat yuzasidan soʼroq qilinganlar. Soʼroq jarayonida ular iqrorlik koʼrsatuvlari berib, gumon qilinuvchi D.R. bir dona pichoqni oʼz xohishi bilan tergovga taqdim etgan.
Hozirda jinoyat ishi boʼyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti