O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jinoyat yo‘liga kirgan ovsinlar

Namangan. 2020 yilning 24 avgust kuni soat 10:00 da Namangan shahri “Chorsu” bozorida joylashgan “Avtoshoxbekati” oldida nomaʼlum shaxslar 38 yoshli N.T.,ning qulog‘ida bo‘lgan bir dona narxi 1.500.000 so‘mlik sariq metalldan yasalgan ziragini tortib olib ketganlar.

Bundan tashqari, shu kuni soat 13:00 da Namangan shahri “Chorsu” dehqon bozorida ham nomaʼlum shaxslar 27 yoshli O.S., ning qulog‘ida bo‘lgan bir dona narxi 2.000.000 so‘mlik sariq metalldan yasalgan ziragini tortib olib hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi ovsinlar 26 yoshli G.S., M.Yu. va 22 yoshli N.Yu.,lar sodir etilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech