O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Otasining qotili

2018 yil 23 dekabr kuni soat taxminan 12:30da, Xorazm viloyat Yangibozor tumanida yashovchi fuqaro M.D. o’z uyida otasi Q.B. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning kurak qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada Q.B. kasalxonaga yotqizilib, ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. M.D. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech