O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Turmush o’rtog’ining qotili

2018 yil 11 dekabr kuni soat taxminan 09:30da, Surxondaryo viloyat Qiziriq tumanida yashovchi fuqaro A.X. o’z uyida turmush o’rtog’i U.O. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning bosh qismiga qo’lidagi temir bo’lagi bilan bir marotaba urib, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada U.O. kasalxonaga yotqizilib, ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. A.X. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech