Otasining qotili
2019 yil 30 yanvar kuni soat taxminan 13:00da, Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro B.S. o’z uyida otasi B.B. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning tanasini turli joylariga qo’llari bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada B.B. kasalxonaga yotqizilib, ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. B.S. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti