Qo’shnisini o’ldirdi
2019 yil 13 yanvar kuni soat taxminan 00:10da, Toshkent shahar Mirobod tumanida yashovchi fuqaro E.I. o’z uyi oldida qo’shnisi Q.G’. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning chap oyoq son qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada Q.G’. hodisa joyida vafot etgan. E.I. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti