Kollej o’quvchilari jinoyatga qo’l urdi
2019 yil 6 fevral kunidan 7 fevral kuniga o’tar kechasi, noma’lum shaxslar Toshkent viloyat Ohangaron tumanida yashovchi fuqaro I.Y.ning uyi old tomonida joylashgan qo’yxonasidan to’rt bosh qo’ylarini o’g’irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni kollej o’quvchilari X.X. va M.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v,g» bandlari bilan (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldinda til biriktirib uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti