O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kasalxonada vafot etgan shaxsni o‘limiga akasi sababchi bo‘ldi

2018 yil 25 avgust kuni Samarqand viloyat Oqdaryo tumanida yashagan R.T. qorin qismidagi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 26 avgust kuni vafot etgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 24 avgust kuni marhum R.T.ning shu qishloqda yashovchi akasi K.T. uyida o‘zaro janjal oqibatida uning qorniga qaychi bilan urib, og‘ir tan jarohat etkazganligi aniqlangan va K.T. qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech