
Ukasiga pichoq urdi
2019 yil 29 aprel kuni soat taxminan 16:10 da, Toshkent viloyat O’rtachirchiq tumanida yashovchi fuqaro T.X. o’z uyida akasi A.N. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada A.N. kasalxonaga yotqizilgan. T.X. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti