Ukasiga pichoq urdi
2019 yil 20 mart kuni soat taxminan 21:00da, Sirdaryo viloyat Guliston shahrida yashovchi fuqaro A.R. o’z uyida ukasi S.R. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning ko’krak va qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada S.R. kasalxonaga yotqizilgan. A.R. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti