O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ukasiga pichoq urdi

2018 yil 24 noyabr kuni soat taxminan 13:00da, Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumanida yashovchi fuqaro Y.A. o’z uyida ukasi Y.R. bilan o'rtalarida  kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada Y.R. kasalxonaga yotqizilgan. Y.A. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech