Rasmiy nikohsiz turmush o’rtog’iga pichoq urdi
2019 yil 26 yanvar kuni soat taxminan 21:00da, Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi X.L. o'z uyida mast holatda bo’la turib, rasmiy nikohsiz turmush o’rtog’i Sh.D. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning ko’krak qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada Sh.D. kasalxonaga yotqizilgan. X.L. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti