O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Rasmiy nikohsiz turmush o’rtog’iga pichoq urdi

2019 yil 11 fevral kuni soat taxminan 01:00da, Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi B.S. o'z uyida mast holatda bo’la turib, rasmiy nikohsiz turmush o’rtog’i S.A. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada S.A. kasalxonaga yotqizilgan. B.S. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech