Opasiga pichoq urdi
2018 yil 15 dekabr kuni soat taxminan 13:30da, Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro R.M. o’z uyida mast holatda bo’la turib, opasi Ch.L. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada Ch.L. kasalxonaga yotqizilgan. R.M. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti