O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“GAZ-67” rusumli avtomashina olib qochildi

2018 yil 7 noyabr kuni soat 19:30dan 8 noyabr kuni soat 07:00gacha bo’lgan vaqt oralig’ida, noma’lum shaxs Toshkent viloyat Bo’stonliq tuman hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro J.A.ga tegishli “GAZ-67” rusumli avtomashinani olib qochgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro R.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Avtomashina topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech