O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoro shahrida 62 yoshli shaxsning avtomashinasi uyi oldidan olib qochildi!  

Buxoro shahrida “VАZ 21011” rusumli avtomashinasi olib qochilganidan soʼng davlat raqam belgilari yechib olingan holatda Shayx ul-Olam koʼchasidan topilgan.

2019 yil 13 noyabr kuni taxminan soat 10:00 da Buxoro viloyati Buxoro shahar I.Moʼmin koʼchasi 28-uy oldida fuqaro I.G. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “VАZ 21011” rusumli avtomashinasi 28 yoshli А.Sh. tomonidan olib qochilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu avtomashina Buxoro shahar Shayx ul-Olam koʼchasida oldi va orqa davlat raqam belgilari yechib olingan holatda topilgan.

Hodisa sodir boʼlgan joyni koʼzdan kechirish jarayonida avtomashinaning oldi davlat raqam belgisi Zulfiya koʼchasi yoʼl yoqasidan topilib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 13 noyabr kuni Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan А.Sh.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Tayyorladi: kapitan J.Qodirov

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech