O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qarovsiz qoldirilgan avtomashina olib qochildi

2018 yil 22 dekabr kuni soat taxminan 20:40da, noma’lum shaxs Farg’ona viloyat Uchko’prik tuman hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro T.J.ga tegishli “Spark” rusumli avtomashinani olib qochgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport  vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, olib qochilgan avtomashinani fuqaro Q.A. boshqarib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.      

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech