Qarovsiz qoldirilgan avtomashina olib qochildi
2019 yil 14 mart kuni soat taxminan 13:00 da, noma’lum shaxs Toshkent shahar Chilonzor tuman hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro R.D.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinani olib qochgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro T.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti