Qarovsiz qoldirilgan avtomashina olib qochildi
2019 yil 23 iyul kuni soat taxminan 06:00 da, noma’lum shaxs Xorazm viloyat Xonqa tuman hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro X.O.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinani olib qochgan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro O.F. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti